❓ YHQ Savoli

Temir yo'l kesishmalari va ularga yaqin joylarda quvib o'tishga tegishli qanday yo'l harakati qoidalari amal qiladi?

Quvib o'tish faqat temir yo'l kesishmalaridan keyin taqiqlanadi
Temir yo'l kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o'tish taqiqlanadi
Temir yo'l kesishmalarida, ularga 100 metrdan kam masofa qolganda va temir yo'l kesishmalaridan keyin 100 metr davomida quvib o'tish taqiqlanadi

Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yoʻl o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.