26

Bilet 26

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Yaxmalak bo'lganda shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Taqiqlanadi
Sirpanishga qarshi vositalarni qo'llab egiluvchan ulagichda faqat bitta transportni shatakka olish ruxsat etiladi
Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandining oltinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan hollarda egiluvchan ulagichda.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu belgi amal qilgan hududda avtobus haydovchisi quvib o'tishi mumkinmi?

Savol 2
Quvib o'tish qoidalariga rioya qilib barcha hollarda mumkinTo'g'ri
Agar quvib o'tilayotgan transport vositalari soatiga 40 km.dan kam tezlikda harakat qilayotgan bo'lsagina mumkin
Mumkin emas

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. «Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan». Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
3

Reversiv harakatlanish amalga oshiriladigan harakat bo'laklari chegaralarini belgilash uchun bu yotiq chiziqlarning qay biridan foydalaniladi?

Savol 3
3-chiziq
3- va 4-chiziq
2- va 3-chiziq
2-chiziqTo'g'ri
1-chiziq

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo'laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Xizmat vazifasini bajarayotganda shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochishga yoki uni aylanib o'tishga ruxsat etiladimi?

Agar yaqinlashib kelayotgan poyezd yo'q bo'lsa, haydovchining ixtiyoriga qarab ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri
Temir yo'l kesishmasi navbatchisi bo'lmagan holdagina ruxsat etiladi
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining yettinchi va sakkizinchi xatboshlariga asosan, temir yoʻl kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo'lagiga chiqib aylanib oʻtish; shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:

Savol 5
Ko'k avtomobilTo'g'ri
Yashil avtomobil
Qizil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi опддап kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
6

Oraliq masofa, deb nimaga aytiladi?

Savol 6
«A» masofaTo'g'ri
«A» va «Б» masofa
«Б» masofa

Izoh: YHQ 10-bobi 73-bandiga asosan: Haydovchi o'zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo'l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Quvib o'tishni boshlashdan oldin haydovchi shunga ishonch hosil qilishi kerakki:

Quvib o'tishni tugatilyotganda, quvib o'tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib o'ta olishiga ishonch hosil qilishi shart
Barcha ko'rsatilgan harakatlarni bajara olishigaTo'g'ri
Shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga
Oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishora bermayotganligiga

Izoh: YHQ 12-bobi 82-bandiga asosan, haydovchi quvib oʻtishni boshlashdan oldin: o'zi oʻtmoqchi bo'lgan harakatlanish bo'lagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib o'tish jarayonida harakatlanishga xavf tug'dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga; shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga; oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga; quvib oʻtishni tugallayotganda quvib o'tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
8

Majburiy to'xtagan haydovchi qanday choralar ko'rishi kerak?

Avariya yorug'lik ishoralarini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to'xtash belgisini aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa, 30 metrdan kam bo'lmagan masofada o'rnatishi kerakTo'g'ri
Yaqinni yorituvchi faralar yoki tumanga qarshi faralarni yoqishi kerak
Yurgizgich kapotini ko'tarib qo'yishi kerak

Izoh: YHQ 8-bobi 51-bandiga asosan: Transport vositasi to'satdan to'xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug'lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to'xtash belgisini darhol o'rnatish kerak. Avariya sababli to'xtash belgisi quyidagi hollarda qo'llaniladi: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda va ko'rinishi cheklangan joylarda majburiy to'xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o'z vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o'rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Avtomobilning qaysi g'ildiraklari «sirpanib» tormozlanishga ko'proq moyil bo'ladi?

Oldingi g'ildiraklar
Orqa g'ildiraklarTo'g'ri

Izoh: Inersiya kuchi ta'siri ostida avtomobilni tormozlash vaqtida o'qlarga tushadigan inersiya kuchi miqdorining taqsimlanishi o'zgaradi. Natijada old oʻqqa og'irlik ko'payadi, orqa o'qqa nisbatan kamayadi. Tormozlash intensivligi qanchalik baland bo'lsa, o'qlarga tushadigan og'irlik miqdorining taqsimlanishi sezilarliroq bo'ladi. Orqa o'qda og'irlik kamayishi bilan g'ildirakni yoʻlga bosish kuchi kamayadi: shunday ekan g'ildirakning sirpanish (aylanmasdan siljish) va avtomobilning sirilib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old o'qda og'irlik koʻpayishi g'ildirakni yoʻlga bosish kuchini ko'paytiradi, shunda sirpanish ehtimoli kamayadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Sanab o'tilgan qaysi xollarda transport vositasidan foydalanish mumkin?

Ishlab chiqarilishi to'xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusmdagi transport vositalarining tashqi yoritgichlari o'rnatilganTo'g'ri
Faralar nurining yo'nalishi buzilgan
Tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamaydi yoki ifloslangan

Izoh: YHQ 3-ilovasi 3-bo'limining 3.1-bandiga asosan: Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa. Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini oʻrnatishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →