Ko'k avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandiga asosan, ko'k yoki ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq- mayoqchasi va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan Qoidalarning 7-bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, Qoidalarning 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. YHQ 16-bobi 104, 106-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar kesishgan chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.




