❓ YHQ Savoli

Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olingan mexanik transport vositasida odamlar tashishga ruxsat etiladimi?

Avtobus va trolleybusda ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Yuk va yengil avtomobillarda ruxsat etiladi
Yuk avtomobili kabinasida va yengil avtomobilda ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.