Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko'rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi. YHQ 11-bobi 79-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; YHQ 11-bobi 80-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo'llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishi taqiqlanadi.
❓ YHQ Savoli