36

Bilet 36

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qatnav qismi chetidagi piyoda, yalt-yalt etuvchi mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarni yoqib kelayotgan transport vositasi yaqinlashib qolganda qanday yo'l tutishi kerak?

Mumkin qadar tezroq qatnov qismidan o'tib olishi
Agar piyodalar o'tish joyida bo'lsa, qatnov qismidan o'tishi
Qatnov qismidan o'tmasligiTo'g'ri

Izoh: YHQ 4-bobi 21-bandiga asosan: Yalt-yalt etuvchi koʻk rangli yoki ko'k va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo'lsa, piyodalar qatnov qismidan oʻtmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, bu transport vositalariga yo'l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini boʻshatishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Belgilarning qaysi biri ogohlantiruvchi belgilar bilan qayd etilgan xavfli yo'l qismining uzunligini ko'rsatadi?

Savol 2
1
2
5
3
4To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1. «Ta'sir oralig'i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir oraligʻini koʻrsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu yo'l chizig'i quyidagi maqsadni:

Savol 3
Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining to'xtash va taksining to'xtab turish joyini bildiradiTo'g'ri
Mexanik transport vositalarining to'xtashi taqiqlangan joylarni bildiradi
Trotuar yaqinidagi to'xtab turish joyida mexanik transport vositalarining qo'yish usullari ko'rsatilgan to'xtab turish joyini bildiradi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma birinchi xatboshisiga asosan: 1.17 — yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Haydovchilardan qay biri birinchi bo'lib harakatlanish uchun imtiyozga ega?

Savol 4
Mototsikl haydovchisi
Avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
5

Navbat bilan yalt-yalt etib turuvchi ikkita qizil yoritgichlar quyidagi ma'noga ega:

Savol 5
Alohida ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga ruxsat etadi
Harakatni taqiqlaydiTo'g'ri
Boshqa haydovchilarga qatnov qismiga maxsus transport vositalarining o'tganligini xabar qiladi

Izoh: YHQ 7-bobining 31-bandi 6-xatboshiga va 37- bandiga asosan, qizil chiroq, shu jumladan, miltillovchi qizil chiroq harakatni taqiqlaydi; temir yo'l kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir vaqtda piyodalarning kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi to'g'risida xabar beruvchi tovushli ishora ham berilishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
6

Shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish yoki aylanib o'tishga ruxsat beriladimi?

Ruxsat beriladi, faqat svetofor o'chgan bo'lsa
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining sakkizinchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish.

Bu savol haqida batafsil →
7

Siz uchta tasmasi bo'lgan ikki tomonlama harakatli yo'l bo'ylab ketayapsiz, o'rta tasmaga o'tishga qanday holda ruxsat etiladi?

Faqat aylanib o'tish uchun
Faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun
Barcha sanab o'tilgan hollardaTo'g'ri
Faqat quvib o'tish uchun

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Avtomobilning taniqlik belgisi bo'lganda, yo'lning mazkur qismida qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Savol 8
100 km/s
90 km/s
70 km/sTo'g'ri

Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandining oltinchi xatboshisiga asosan: «Tezlik cheklangan» — o'ta og'ir, xavfli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezligi ushbu Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam boʻlgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 — «Yuqori tezlik cheklangan» yo'l belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo'lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Bosh miya va kalla suyagi o'rtacha holatda jarohatlangan jabrlanuvchini transportning qaysi turida tashish kerak?

Faqat tez tibbiy yordam mashinasidaTo'g'ri
Yo'lovchi yuk avtomobilida
Yo'lovchi yengil avtomobilida

Izoh: Bosh miya suyagi shikastlangan jabrlanuvchi faqat maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam yoki qutqarish xizmati avtomobillarida tashiladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Quyidagi holatda haydovchi piyodaga yo'l berishi lozimmi?

Savol 10
HaTo'g'ri
Yo'q

Izoh: YHQ 20-bobi 123-bandiga asosan: Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo'l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.

Bu savol haqida batafsil →