
Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. «Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan». Toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno). YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.1.1. «Obyektgacha boʻlgan masofa». Belgidan yo'lning xavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo'nalishi boʻyicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani ko'rsatadi.