❓ YHQ Savoli

Shatakka olingan avtomobilda odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?

Yengil avtomobilda ruxsat etiladi
Avtobusda ruxsat etiladi
Qattiq ulagichda shatakka olingan yuk avtomobili yukxonasida ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi. 159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo'ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno); Traktorlar va boshqa o'ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida; Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko'zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa o'rindig'ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida; odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortiq bo'lganda. Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.