
Izoh: YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo'lkasi bilan yo'l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo'lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo'l berishlari kerak. Velosiped yo'lkasi va piyodalar yo'lkasi (trotuar) o'zaro kesishgan holatlarda velosiped va individual harakatlanish vositasi piyodaga yo'l berishi kerak.