Ushbu vaziyatda avtomobil haydovchisiga qaysi yo'nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan


Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to'g'riga”. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-bo'limining birinchi va sakkizinchi xatboshlariga asosan: 4.1.1. «Harakatlanish to'g'riga». 4.1.1 yoʻl belgisi qatnov qismining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Izoh: YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo'lkasi bilan yo'l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo'lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo'l berishlari kerak. Velosiped yo'lkasi va piyodalar yo'lkasi (trotuar) o'zaro kesishgan holatlarda velosiped va individual harakatlanish vositasi piyodaga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 13-bobi 89-bandi: Transport vositalarini yo'lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi. Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻxtab turishga 5.15 yo'l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo'shimcha axborot belgilaridan biri oʻrnatilgan joylarda ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo'lmaganda esa birinchi temir yo'l iziga kamida 10 metr qolganda to'xtashi kerak.
Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandi: Yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo'lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo'lishi shart. Ular o'zlariga yo'l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.5. “To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To'xtash chizig'i oldida, agar u bo'lmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qo'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bu belgi temir yo'l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o'rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to'xtash chizig'i oldida, u bo'lmasa, belgi oldida to'xtashi kerak.

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.34. “Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan”.

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to'g'riga”. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.