
Izoh: YHQ 13-bobi 89-bandi: Transport vositalarini yo'lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi. Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻxtab turishga 5.15 yo'l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo'shimcha axborot belgilaridan biri oʻrnatilgan joylarda ruxsat etiladi.