
Izoh: YHQ 10-bobi 64-bandiga asosan: Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda o'zlari aniqlaydilar.