
Izoh: YHQ 9-bobi 57-bandiga asosan: Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatlanish tomoniga o'tib ketmasligi kerak. O'ngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak. YHQ 1 ilova: 4.1.4. “Harakatlanish to'g‘riga yoki o'ngga”. Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.