❓ YHQ Savoli

Haydovchi o'z joyidan ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin, agar:

U yurgizgichni o'chirgan va orqaga siljib ketishga qarshi xavfsizlik buferini o'rnatgan bo'lsa
U yurgizgichni o'chirgan va avtomobilning to'xtab turish tormoz tizimini ulagan bo'lsa
U transport vositasining o'z-o'zidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yo'q vaqtda foydalanishga yo'l qo'ymaydigan zaruriy choralarni ko'rgan bo'lsa

Izoh: YHQ 13-bobi 95-bandiga asosan: Transport vositasining o'z-o'zidan harakatlanib ketishini yoki oʻzi yoʻqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko'rgandan keyingina haydovchi o'z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.