❓ YHQ Savoli

Son suyagi uchdan birining pastki qismi singanda, jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qo'yiladi?

Ikkita taxtakach oyoqning ikki tomonidan to'piqdan sonning yuqorigi uchdan bir qismigacha (singan joydan 15-20 sm yuqorigacha) qo'yiladi
Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qo'yiladi: bittasini oyoq to'pig'idan qo'ltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini to'piqdan chovgacha
Taxtakachni sonning butun uzunligicha tos-sondan tizza bo'g'inigacha qo'yib, singan joy bint bilan qattiq bog'lab qo'yiladi

Izoh: Son suyagi singan holda ikkita taxtakach: biri - tashqari tarafda oyoq kaftidan to qo'ltiqosti chuqurigacha, boshqasi - ichki tarafda oyoq kaftidan to chovgacha qo'yiladi. Son suyagi singan holda immobilizatsiya vositasi boʻlmasa, shikastlangan oyoq sog' oyoqqa mahkamlanib qo'yiladi. Mahkamlovchi bog'ich singan suyakni siljitmasligi va jabrlanuvchiga qo'shimcha og'riq yetkazmasligi lozim. Mahkamlovchi bog'ich oyoqning sog' qismiga bog'lanadi.