❓ YHQ Savoli

Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

Ko'rsatilgan barcha holatlarda
Gidravlik tormoz tizimidan suyuqlik oqayotgan bo'lsa
Ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan bo'lsa
Kompressor pnevmatik tormoz tizimida o'rnatilgan bosimni ta'minlay olmagan holatda

Izoh: YHQ 3-ilovasi 1-bo'limining 1.3 va 1.4-bandlariga asosan, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan boʻlsa. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MP dan Ко"рда pasayishiga sabab bo'lsa, g'ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan bo'lsa. YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoezd tarkibida) nosoz bo'lgan, qorong'i vaqtda yoki yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda — old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari boʻlmagan yoki yonmayotgan, yomg'ir, qor yogʻayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish taqiqlanadi.