Izoh: Egri yoʻl (burilish)da harakatlanayotgan avtomobilda markazdan qochirma kuch vujudga keladi. Burilish o'ng tomonga boʻlgan holda siz qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish bo'lagiga, chap tomonga boʻlsa, yoʻl yoqasi yoki uning tashqarisiga chiqib ketishingiz ehtimoli mavjud. Uzatma ajratilgan holatda avtomobil oʻzi harakatlanib, uni boshqarish murakkablashadi. Shu bois, burilishga yaqin masofa qolganda, uning tikligini va tezligingizni baholab, uzatma mexanizmini ajratmay harakatni davom ettiring.
❓ YHQ Savoli