Izoh: YHQ 12-bobi 82-bandiga asosan, haydovchi quvib oʻtishni boshlashdan oldin: o'zi oʻtmoqchi bo'lgan harakatlanish bo'lagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib o'tish jarayonida harakatlanishga xavf tug'dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga; shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga; oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga; quvib oʻtishni tugallayotganda quvib o'tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.
❓ YHQ Savoli