❓ YHQ Savoli

Majburiy to'xtagan haydovchi qanday choralar ko'rishi kerak?

Avariya yorug'lik ishoralarini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to'xtash belgisini aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa, 30 metrdan kam bo'lmagan masofada o'rnatishi kerak
Yaqinni yorituvchi faralar yoki tumanga qarshi faralarni yoqishi kerak
Yurgizgich kapotini ko'tarib qo'yishi kerak

Izoh: YHQ 8-bobi 51-bandiga asosan: Transport vositasi to'satdan to'xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug'lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to'xtash belgisini darhol o'rnatish kerak. Avariya sababli to'xtash belgisi quyidagi hollarda qo'llaniladi: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda va ko'rinishi cheklangan joylarda majburiy to'xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o'z vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o'rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.