Izoh: Inersiya kuchi ta'siri ostida avtomobilni tormozlash vaqtida o'qlarga tushadigan inersiya kuchi miqdorining taqsimlanishi o'zgaradi. Natijada old oʻqqa og'irlik ko'payadi, orqa o'qqa nisbatan kamayadi. Tormozlash intensivligi qanchalik baland bo'lsa, o'qlarga tushadigan og'irlik miqdorining taqsimlanishi sezilarliroq bo'ladi. Orqa o'qda og'irlik kamayishi bilan g'ildirakni yoʻlga bosish kuchi kamayadi: shunday ekan g'ildirakning sirpanish (aylanmasdan siljish) va avtomobilning sirilib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old o'qda og'irlik koʻpayishi g'ildirakni yoʻlga bosish kuchini ko'paytiradi, shunda sirpanish ehtimoli kamayadi.
❓ YHQ Savoli