
Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining o'ttiz ikkinchi, qirqinchi va qirq birinchi xatboshlariga asosan: 3.28. «To'xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo'lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to'xtashga ruxsat etiladi.