❓ YHQ Savoli

Haydovchilardan qay biri yo'lovchilarni tushirish uchun to'g'ri to'xtadi?

Savol 3 rasmi
Ko'k va qizil avtomobillarning haydovchilari
Faqat ko'k avtomobil haydovchisi
Barcha haydovchilar
Mototsikl va ko'k avtomobil haydovchilari

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi, oʻn ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi to'siq ustidan chiziladi; 1.10 — to'xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi; 1.17 — yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi; YHQ 13-bobi 91-bandining to'qqizinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada.