❓ YHQ Savoli

Siz uchta tasmasi bo'lgan ikki tomonlama harakatli yo'l bo'ylab ketayapsiz, o'rta tasmaga o'tishga qanday holda ruxsat etiladi?

Faqat aylanib o'tish uchun
Faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun
Barcha sanab o'tilgan hollarda
Faqat quvib o'tish uchun

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.