
Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandining oltinchi xatboshisiga asosan: «Tezlik cheklangan» — o'ta og'ir, xavfli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezligi ushbu Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam boʻlgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 — «Yuqori tezlik cheklangan» yo'l belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo'lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.