
Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma ikkinchi xatboshisiga asosan: 1.18 — chorrahada tasmalar bo'laklar bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlarini ko'rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qo'llanilishi mumkin; oxiri berk yo'l tasvirlangan chiziq shu yo'nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko'rsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.