
Izoh: YHQ 16-bobi 104, 106-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.