❓ YHQ Savoli

Harakat ikki tomonlama bo'lgan, uch tasmali yo'lda Siz o'ngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi tasmadan amalga oshirasiz?

O'rta tasmadan, lekin faqat o'ng tasma band bo'lganda
O'ng tasmadan
O'rta tasmadan
O'ng yoki o'rta tasmadan

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandi: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.