❓ YHQ Savoli

Qaysi joylarda transport vositalariga qatnov qismining chetiga burchak ostida to'xtab turishga ruxsat etiladi?

Har bir yo'nalishda uchta va undan ko'p bo'lagi bo'lgan yo'llarda
Yo'lning qatnov qismi kengaygan joylarda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan
Har bir yo'nalishda ikkitadan bo'lagi bo'lgan yo'llarda
Faqat bir tomonlama harakatli yo'llarda

Izoh: YHQ 13-bobi 89-bandi: Transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi. Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qoʻyishga ham ruxsat etiladi.