❓ YHQ Savoli

Agar transport vositasi ishchi tormozining samaradorligi qoidalar talabiga javob bermasa, u holda siz majbursiz:

Nosozlikni o'sha joyda bartaraf etishga, agar buning iloji bo'lmasa, zarur ehtiyoj choralariga rioya qilgan holda to'xtab turish yoki ta'mirlash joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali olib borishga
Belgilangan safarni davom ettirishga, bunda kunning yorug' vaqtida yaqinni yorituvchi fara chirog'ini yoqishga
Bundan keyingi harakatni to'xtatishga

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandiga asosan: Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarga 3-ilovada ko'rsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji bo'lmasa, zarur bo'lgan ehtiyot choralarini ko'rgan holda ta’mirlash yoki to'xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vositasini olib borish choralarini ko'rishi mumkin.