
Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining o'ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. «To'xtash taqiqlangan». Transport vositalarining to'xtashi va toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 yo'l belgisi ta'sir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi. Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.