❓ YHQ Savoli

Agar qatnov qismining kengligi chetki chap tasmadan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa, qoidalar qayrilib olishni qatnov qismining o'ng chekkasi yoki yo'lning o'ng yoqasidan amalga oshirishga yo'l qo'yadimi?

Qatnov qismining faqat o'ng chekkasidan yo'l qo'yadi. Yo'lning o'ng yoqasidan yo'l qo'yilmaydi
Yo'l qo'yiladi. Bunda qayrilib olayotgan haydovchi yo'lakay va qarama-qarshi kelayotgan transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerak
Yo'l qo'yilmaydi

Izoh: YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.