❓ YHQ Savoli

Aholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yo'nalishda uch va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo'lganda qaysi tasmadan harakatlanishga ruxsat etiladi? Yuk avtomobillari hisobga kirmaydi

Iloji boricha qatnov qismining o'ng chekkasiga yaqin tasma bo'yicha
Har qanday tasma bo'yicha
Chapki chekkadan tashqari har qanday tasma bo'yicha. Unga faqat boshqa tasmalarda harakat serqatnov bo'lganda, shuningdek, chapga burilish, orqaga qayrilish va bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo'lda toʻxtash uchun o'tishga ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.