❓ YHQ Savoli

Qizil avtomobil haydovchisiga tramvay yo'li bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Savol 7 rasmi
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 10-bobi 69-bandi: Bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo'lidan, shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o'tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'lidan harakatlanish taqiqlanadi. Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo'l belgilari oʻrnatilgan bo'lsa, chorrahadan o'tishda tramvay yo'llaridan harakatlanish taqiqlanadi.