❓ YHQ Savoli

Chiziqlar bilan tasmalarga ajratilgan yo'lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga oshirilishi kerak?

Qat'iy tasmalar bo'yicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib o'tishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi
Agar qatnov qismi transport vositalaridan xoli bo'lsa, tasma boʻyicha qat'iy emas
Agar qatnov qismida tirkamali avtomobillar bo'lmasa va bunda ancha tor harakat oralig'ini saqlash mumkin bo'lsa, tasmalar bo'yicha qat'iy emas
Agar transport vositalarining o'lchamlari eniga katta bo'lmasa, tasma bo'yicha qat'iy emas

Izoh: YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.