❓ YHQ Savoli

Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan ko'p odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?

«C» toifadagi transport vositasini boshqarish huquqi guvohnomasi bo'lib, shu avtomobilda uch yillik ish davriga ega bo'lgan haydovchilarga
«D» va «C» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga

Izoh: YHQ 26-bobi 152-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish «S» toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan, odamlar soni kabinadagi yo'lovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo'lganda esa, «S» va «D» toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.