Izoh: Etillangan benzin (tetraetilqo'rg'oshin qo'shilgan benzin)ning birdan katta miqdori havoga ajralishidan oʻtkir zaharlanish kelib chiqadi va unda ko'ngil aynish, qusish, holsizlanish, bosh aylanishi, ishtahaning yoʻqolishi hollari yuzaga keladi. Og'izda metal ta'mi, tilda yot jizm sezilishi kabilar o'ziga xos belgilaridan biridir. Ogʻir holatlarda asabiylashish, chayqalib yurish, alohsirash, ko'rish va eshitishga oid gallyusinatsiyalar va tomir tortishlar kuzatiladi. Etillanmagan benzindan ham zaharlanish mumkin. Shu kabi zaharlanishning alomatlari etillangan benzindan zaharlanishni eslatadi, biroq yengilroq tarzda o'tadi.
❓ YHQ Savoli