❓ YHQ Savoli

Yuk avtomobili haydovchisi rasmda ko'rsatilgan holatda maxsus tovush ishorasini eshitib yoki yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchani ko'rib nima qilishi kerak?

Savol 7 rasmi
Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo'l berishlari, zarur bo'lgan hollarda ularniing toʻsiqsiz o'tib ketishlari uchun o'zlarini yo'lning o'ng tomoniga olib to'xtashlari shart
Qatnov qismidagi o'z bo'lagi bo'ylab harakatni davom ettirishi

Izoh: YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.