❓ YHQ Savoli

Qatnov qismiga bevosita tutashgan trotuar chetida unga to'la yoki qisman chiqish bilan to'xtab turishga ruxsat etiladimi?

Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ziyod bo'lgan faqat yuk avtomobillariga taqiqlanadi
Barcha transport vositalariga taqiqlanadi
Faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, velosipedlar va individual harakatlanish vositalariga to'xtab turishga tegishli yo'l belgilari o'rnatilgan joylarda ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 13-bobi 89-bandiga asosan: Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, velosipedlar va individual harakatlanish vositalariga to'xtab turishga 5.15 yo'l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo'shimcha axborot belgilaridan biri o'rnatilgan joylarda ruxsat etiladi.