❓ YHQ Savoli

Ishqalanish koeffitsiyentiga shinalarni siyqalanib ketgan protektori qanday ta'sir qiladi?

Ishqalanish koeffitsiyenti oʻzgarmaydi
Ishqalanish koeffitsiyenti kamayadi
Ishqalanish koeffitsiyenti oshadi

Izoh: Protektor qatlamining yeyilishi bilan birga g'ildirakning yoʻl bilan tishlashishi yomonlashib, tormoz berayotganda yoki tezlikni oshirayotganda avtomobilning sirpanish ehtimoli koʻpayadi. Protektori butunlay yeyilib ketgan shinaning yo'l bilan tishlashish koeffitsienti yangi shinaning ushbu koeffitsientidan ikki barobar kam. Shuning uchun shinasi yeyilgan avtomobildan foydalanish mumkin emas va yoʻl harakati qoidalarida taqiqlangan.