❓ YHQ Savoli

Ushbu holatda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Savol 3 rasmi
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
Agar quvib o'tilayotgan transport vositasi 40 km/ soadan kam tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa, ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi xatboshisiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oʻttiz to'rtinchi xatboshisiga asosan: 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.