❓ YHQ Savoli

Ushbu svetofor qaysi harakatlanishni tartibga solish uchun qo'llanadi?

Savol 4 rasmi
Qatnov qismidagi harakatlanish yo'nalishi qarama qarshi tomonga o'zgaradigan tasmalar bo'yicha
Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari uchun mo'ljallangan tasma bo'yicha
Qatnov qismining butun kengligi bo'yicha

Izoh: YHQ 7-bobi 35-bandiga asosan: Qatnov qismidagi harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan tasmalarida transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yo'nalgan ko'rsatkich ko'rinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi tasma ustiga o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki harakatlanishga ruxsat beradi. Ikki tomoni 1.9 yo'l chizig'i bilan belgilangan tasma ustiga o'rnatilgan va ishoralari o'chirilgan reversiv svetofor shu tasmaga kirishni taqiqlaydi.