❓ YHQ Savoli

Yo'lning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa o'qi yon tomonga sirpanayotganda siz qanday harakat qilasiz?

Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasiz
Gaz pedalini ko'proq bosib, avtomobilni rul chambaragini o'zgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasiz
Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasiz
Gaz pedalini ohista bosib avtomobilni rul chambaragini to'g'rilab avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz

Izoh: Oldingi uzatmali avtomobillar orqa uzatmali avtomobillardan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni avtomobil boshqaruvida e'tiborga olish kerak. To'g'ri yoʻlda yuqori tezlikda harakatlanishda orqa yetaklovchi avtomobilga nisbatan yonga siljish extimoli kam. Biroq nam qoplamali burilishlarda avtomobil boshqarish texnikasiga rioya etilmasa, nafaqat yonga sirpanish balki avtomobil barcha g'ildiraklarining yonga siljishi va yo'l-transport hodisalari kelib chiqishi ehtimoli mavjud.