Izoh: Antiblokirovka tizimi (ABS) avtomobilning tormoz tizimi bilan birga qarama qarshi ishlab uni tartibga soladi, ya’ni g'ildiraklarni keskin tormozlaganda ularni blokirovkadan asraydi. Bu bilan avtomobilni turg'unligini va boshqaruvchanligini yengillashtiradi. Bu tizimning o'ziga yarasha qulayligi va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Qo'qqisdan tormozlanganda hatto quruq, qattiq qoplamali yo'llarda ABS tizimi avtomobilni to'xtata olmaydi uni ishga tushish vaqti (1-2 sek.) ushbu vaziyatga haydovchi ko'nikma hosil qilishi kerak. Bu esa o'z navbatida tajriba talab etadi. Burilishlarda markazdan qochirma kuch evaziga ABS sirpanish va siljishga ta’sir eta olmay qolish ehtimoli yuzaga keladi.
❓ YHQ Savoli